Diqqat e’lon! Tender - Shumanay va Konlikul tumanlar
08.
10. 2021
19:08
4055
News

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Shumanay va Konlikul (1 lot) tumanlarida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan bir bosqichli tenderning boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirmoqchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar quyida keltirilgan dastlabki malakani baholash hujjatlari hamda texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) takliflari yopiq konvertda, muhrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va “Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga” deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga , shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 15 noyabr soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlari shart.

Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son Qarori.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha kontseptsiyasi;

2) LBH;

3) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

4) Texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) taklif;

Mas’ul xodim: N.Adxamjonov.

E-mail: info@uznature.uz

 

Manzil: 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 15-uy.

Telefonlar: (71) 207-07-70 (1072#, 5003#), (99) 409-70-02.

 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz ARajabov@ppp.mf.uz Tel: 71-203-03-07 (709)

 

Useful resources