#WorldCleanUpDayUzb – Muhim e’tirof
16.
09. 2021
15:32
4420
Event

So‘nggi uch yil ichida mamlakatimiz jahon hamjamiyati bilan birga, bir maqsad sari birlashib, Butunjahon tozalik kunida (WorldCleanUpDay) faol ishtirok etib kelmoqda.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasidan nafaqat davlat tashkilotlari balki nodavlat notijorat tashkilotlari, biznes – tuzilma vakillarining ham faol ishtirok etishi WorldCleanUpDay kotibiyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda "SANOAT QURILISH BANK" ATB atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2021 yilning 18 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etishga taklif etadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources