Bugun 7 sentyabr – Moviy osmon uchun toza havo xalqaro kuni. 2021 yilda Moviy osmon uchun toza havo xalqaro kuni mavzusi – «TOZA HAVO, SOG‘LOM SAYYORA».
Kun mavzusi COVID-19 pandemiyasi sharoitlarida atmosfera havosi sifatining muhimligiga alohida e’tibor berish, barcha s’ay-harakatlarni bir maqsad sari birlashtirishga qaratilgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili ifloslangan havodan nafas olish natijasida 7 mln.ga yaqin kishi vafot etmoqda. Odamlarda astma singari surankali kasalliklar, bolalarning aqliy rivojlanishi susaymoqda. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatlarning havoning ifloslanishidan ko‘rayotgan zarari 5 trln AQSh dollarini tashkil etadi.
Qum-tuz-chang bo‘ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar ham havoning ifloslanishiga olib keladi.
Mamlakatimizda atmosfera havosini ifloslantirish darajasi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi yaxshi ma’lum. Unga ko‘ra, 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,255 mln tonnani tashkil qilib, 2018 va 2019 yilga nisbatan 7 foizga (155,0 va 150,0 ming tn) kamaygan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati