Ekonazorat: Qashqadaryo viloyati. Tog‘ echkisini otganlar ushlandi
26.
08. 2021
14:12
4086
Econadzor

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyaning Qashqadaryo viloyatidagi xodimlari Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida qonunbuzilish holatlarini aniqlashdi.

Noqonuniy ovchilarning yovvoyi hayvonot dunyosiga keltirgan zarari 11 025 000 (o‘n bir million yigirma besh ming) so‘m miqdorida hisoblandi.

Bundan tashqari, nazorat reyd tadbiri davomida «Hisorak» qishlog‘ida yashovchi fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan eshshak va itlar yordamida 461 bosh qo‘y, 93 bosh echkini qo‘riqxona hududida noqonuniy boqib yurganligi aniqlandi.

Shuningdek, «Tamsho‘sh» qishlog‘ida yashovchi fuqarolar 514 bosh qo‘y va 86 bosh echkini ruxsat etilmagan joyda boqib yurganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan yetkazilgan umumiy zarar miqdori hisoblanganda 307 083 000 (uch yuz yetti million sakson uch ming) so‘mni tashkil etdi.

Hisor davlat qo‘riqxonasida aniqlangan mazkur qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalalari ko‘rib chiqilishi va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish maqsadida yuqorida tilga olingan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish uchun rasmiylashtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources