Samarqand viloyati. Brakon’erlarning katta miqdordagi noqonuniy qisqichbaqa oviga chek qo‘yildi
19.
08. 2021
07:44
3760
Econadzor

Bugun respublikamiz bo‘ylab noqonuniy ov qilishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Kattaqo‘rg‘on tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 18 avgust kuni Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida reyd kuzatuv olib borish davomida noqonuniy qisqichbaqa ovlash holati aniqlandi.

Huquqbuzarlik holatini o‘rganish natijasida brakon’erlar tomonidan ovlangan jami 400 dona qisqichbaqaning 91 donasi nobud bo‘lganligi aniqlanib, qolgan qisqichbaqalar esa qaytadan suvga qo‘yib yuborildi.

Bundan tashqari huquqbuzar fuqaro U.A. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismiga binoan, ma’muriy jarimaga tortilib, hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan, zarar miqdori aniqlandi va bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources