Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
27.
07. 2021
18:09
4515
Econadzor

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasidagi 34 va 37 ko‘p qavatli uylar oldida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushdi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida davlat inspektorlari murojaatda qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini olib borishdi. Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, murojaat o‘z tasdig‘ini topdi. Ushbu hududda qurilish va bunyodkorlik ishlarining olib borilishi natijasida 10 tup Aylantus daraxtini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda kesib tashlaganlik holati aniqlandi. Aniqlangan xuquqbuzarlik yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Holatga to‘liq oydinlik kiritilganidan so‘ng batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources