Dushanbe: Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo konferentsiyasi
26.
07. 2021
18:00
4184
International cooperation

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Bokijonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yil 26-27 iyul kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo konferentsiyasida ishtirok etmoqda.

Konferentsiya kun tartibida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslarini saqlash va iqlim o‘zgarishi muammolariga ustuvor ahamiyat beriladi.

Shuningdek, Konferentsiya doirasida yuqori darajadagi tarmoqlararo va vazirliklararo hamkorlik, ilmiy izlanishlar va yosh olimlarning o‘rniga bag‘ishlangan qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Tadbir davomida mamlakat va umuman mintaqa miqyosida iqlimga asoslangan qarorlarni qabul qilish tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi bilimlar, innovatsion texnologiyalar, vositalar va mahsulotlar namoyish etiladi.

Shu bilan birga, tashrif davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish vazirliklari va idoralari rahbarlari darajasida ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources