Qo‘shma loyiha taqdimoti
17.
06. 2021
18:38
4555
International cooperation

2021 yil 17 iyun kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) hamkorligida «Orol dengizi tanazzuli salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik tiklanishi bo‘yicha» qo‘shma loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Kazbekov, Global yashil o‘sish institutining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari doktor Aaron Rassel, shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Toshkentdagi ofisi rahbariyati ishtirok etdi.

Orolbo‘yi hududida amalga oshirish rejalashtirilgan loyiha Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda GGGI tomonidan amalga oshiriladigan birinchi loyiha bo‘lib, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan va uning umumiy qiymati 5,9 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha KOICAning grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Asosiy maqsad Orolbo‘yi ekologik inqirozining oqibatlarini bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining yashil tiklanishiga yordam berish va tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar aholisi uchun tabiiy xatarlarga bardoshli barqaror hayot kechirishiga qaratilgan choralarni belgilashdan iborat. Loyiha Mo‘ynoq, Kegeyli, Chimboy, Bo‘zatov, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Qonliko‘l tumanlarida amalga oshiriladi.

Qo‘shma loyiha taqdimoti

Qo‘shma loyiha taqdimoti

Qo‘shma loyiha taqdimoti

Qo‘shma loyiha taqdimoti

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources