Surxondaryo viloyati. «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi
17.
06. 2021
16:41
4234
Spirituality and enlightenment

Bugun Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi. Xabaringiz bor, mamlakatimizda 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yoshlar bilan ishlashda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ham yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, ularning orzu-intilishlarini bilish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlardan yana biri bugun Uzun tumanida o‘tkazildi. Unda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi S. Tashimov, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i B. Urunov, Uzun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Yadgarov ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan masalalarga atroflicha javob berildi, murojatlari tinglandi. Uchrashuv davomida faol yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi va sovg‘alar berildi.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources