Toshkent viloyati, Chinoz tumani. Atrof-muhit muhofazasi – doimiy e'tiborda
25.
05. 2021
17:59
5798
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov 2021 yil 25 may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Sirdaryo suv havzasi nazorat guruhi doimiy maskanida mazkur guruh aъzolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Sirdaryo va Chirchiq daryosining qirg‘oq bo‘yi akvatoriyasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish bu guruhning asosiy vazifasidir. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi ayni shu hududda amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganar ekan, guruh aъzolari duch kelayotgan muammolar, ularning shart-sharoitini yaxshilash masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Faol inpektorlar bilan birgalikda maxsus qayiqlarda akvatoriya hududida reydlar o‘tkazdi. Qirg‘oq bo‘yida mavjud flora va faunani aslicha saqlab qolish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Bugungi kunda Sirdaryo suv havzasi nazorat guruhida  jami 8 nafar davlat inspektori faoliyat yuratib kelmoqda. Ular davlat tomonidan yetarli moddiy-texnika vositalari bilan taъminlangan. Ekologik nazoratni to‘la to‘kis bajarish uchun ularga 1 ta «UAZ» rusumli yo‘ltanlamas avtomashinasi, 3 ta motorli qayiq  va kompьyuterlar ajratilgan. Inspektorlar ovqatlanishi uchun oshxona va tungi navbatchilar uchun yotoq joylari hozirlangan.

Eъtibordan ruhlangan mazkur guruh aъzolarining faoliyat samaradorligi ham oshib bormoqda. Jumladan, joriy yilning 15 may holatiga ular tomonidan o‘zlariga biriktirilgan akvatoriy hududida 24 ta huquqbuzarlik aniqlanib, qonun doirasidagi jarimalar undirilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasining inspektorlar bilan muloqoti davomida sohani yanada takomishllashtirish borasida takliflar ham ilgari surildi. Xususan, daryo bo‘yi qo‘riqchilari ov mavsumi yopiq davrda davlat inspektorlari faoliyatini qo‘shimcha kuchlar hisobidan yanada ko‘chaytirish zarurligi, daryoga chegaradosh tuman yoki shahar inspektorlarini bu jarayonga faol jalb etish, baliq boqish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subъektlari hamda mahalliy aholi bilan birgalikda jamoatchilik ekologik nazoratini izchil davom ettirish haqida jo‘yali fikrlar bildirildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov inspektorlar eъtiborini brakonьerlik bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratdi. Brakonьerlikka olib keluvchi omillar jiddiy tahlil qilinib, bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini tanqidiy o‘rganish zarurligi taъkidlandi.

Toshkent viloyati, Chinoz tumani

Toshkent viloyati, Chinoz tumani

Toshkent viloyati, Chinoz tumani

Toshkent viloyati, Chinoz tumani

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources