Jizzax viloyati: Ochiq havoda ochiq muloqot
29.
04. 2021
19:19
4782
News

Joriy yilning 29 aprelь kuni Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq havoda o‘tkazilgan sayyor qabulda 50 nafarga yaqin fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan chiqindi muammollari, yer-suv, atmosfera havosini ifloslantirish, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesilishining oldini olish, ekologik targ‘ibot tadbirlarini tizimli amalga oshirish masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Mutasaddilar tomonidan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha maъlum muddat bilan tegishli masъullar biriktirildi.

Sayyor qabulda qurilish chiqindilarini qayta ishlash natijasida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borayotgan Jizzax Politexnika institutining talabalarining ham taklif va murojaatlari tinglandi. Mazkur innovatsion loyiha mutasaddilar tomonidan ijobiy baholandi hamda ularga boshqarmaning diplom va faxriy yorliqlari topshirildi.

Ochiq havoda ochiq muloqot

Ochiq havoda ochiq muloqot

Ochiq havoda ochiq muloqot

Ochiq havoda ochiq muloqot

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources