Sirdaryo viloyati. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
28.
04. 2021
14:27
4717
News

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudovning Sirdaryo viloyatidagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan asosan ekologiya va atrof muhitni asrash, viloyatda ekologik ta’limni rivojlantirish, kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan bolalarni tabiat bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, uy-joy chiqindi muammolarini bartaraf etish, daryo o‘zanlarini tozalash, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlarga tegishli mas’ullar biriktirildi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources