Mintaqaviy hamkorlik. Markaziy osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori Z. Maxmudov bilan uchrashuv
23.
04. 2021
14:20
5202
News

Joriy yilning 22-aprel kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Qazbekov Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazining (RETSTSA) ijrochi direktori Z. Maxmudovni qabul qildi.

Uchrashuvda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Davlat raxbarining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eъlon qilish to‘g‘risida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini qo‘shimcha tarzda taъkidlab o‘tdi.

Shu maqsadlarda, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish uchun Orol dengizi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash va «yashil» tiklashga qaratilgan istiqbolli loyiha takliflarini birgalikda tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha saъy-harakatlarni birlashtirishga qaror qilindi.

Tomonlar Davlat ekologiya qo‘mitasi va BMTning Taraqqiyot dasturi bilan Global ekologik fondi tomonidan moliyalashtiriladigan umumiy qiymati 4,0 million AQSh dollarga teng «Barqaror hayot tarzini ta'minlaydigan Orol dengizi havzasi tuproqlarining degradatsiyasiga qarshi barqaror va neytral landshaftlari asosida ko‘llarni, suv-botqoq yerlarni va qirg‘oqbo‘yi koridorlarini saqlash va barqaror boshqarish» loyihasini amalga tatbiq etish doirasida, xabardorlikni oshirish va bilimlarni boshqarish mavzusida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu bilan birga, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan «Orol dengizi havzasidagi iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlari taъsirini yumshatish dasturi» doirasida taqdim etilgan umumiy qiymati 750 000 AQSh dollarga teng bo‘lgan 2 ta mobil ekologik laboratoriya beg‘araz ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida tomonlar RETSTSA Boshqaruvchilar kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori B. Alixonov tayinlanganligiga to‘htalib o‘tildi, bu mamlakatimiz Hukumatining RETSTSA bilan ikkitomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini taъkidlab o‘tildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources