Samarqand viloyati. Yoshlar bilan uchrashuv
14.
04. 2021
23:24
6553
Spirituality and enlightenment

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Payariq tuman nazorat inspektsiyasining davlat inspektorlari, tuman halq ta’limi bo‘limi hamkorligida joriy yilning 14 aprel kunida tumanning «Bahor» MFY hududidagi 11-umum ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari bilan uchrashib, ular o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarni ekologik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan sohaga oid qator tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan yo‘llangan savol va takliflar atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarning joyida hal etish choralari ko‘rib chiqildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources