Toshkent. Mirobod tumanida atmosfera havosini kuzatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
27.
03. 2021
22:46
5605
Econadzor

Bugun, ya’ni joriy yilning 27 mart sanasi kunning ikkinchi yarmida Davlat Ekologiya qo‘mitasiga poytaxtimiz aholisi tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga muvofiq, Toshkent shahrining Mirobod tumani Nukus, Oybek, Avliyo ota hamda Kichik halqa yo‘li ko‘chalarida noxush badbo‘y xid tarqalishi yuzasidan murojaatda bayon etilgan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida zudlik bilan Respublika hamda Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi hamkorligida malakali mutaxassislardan iborat kengaytirilgan maxsus ishchi guruhi tuzildi. Maxsus ishchi guruhi tomonidan yuqoridagi manzillarda batafsil o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaatda qayd etilgan barcha manzillardan Atmosfera havosidan tahlil uchun namunalar olindi. Tahlil natijalari bilan keyingi sahifalarimiz orqali batafsil ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz.


Toshkent shahar ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi Matbuot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources