22 mart – Butunjahon suv resurslari kuni doirasida suv resurslari masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman
19.
03. 2021
18:17
6122
Event

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 22 mart – Butunjahon suv resurslari kuni doirasida suv resurslari masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazdilar.

TABIAT boyliklari orasida suv alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u tiriklik manbaidir. Zero, insoniyat hayoti suv va suv manbalari, avvalo, chuchuk suvdan tejamkorlik asosida foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni taqozo etadi.

22 marta – Vsemirnыy den vodы

Ta’kidlash joizki, bugungi kundagi tabiiy ofatlar, suv toshqinlari, suv yetishmovchiligi, suv resurslarining ifloslanishi va transchegaraviy suv muammolari dunyo xalqlarini yana bir bor suv resurslariga nisbatan jiddiy e’tibor berishga undamoqda.

Ta’kidlanganidek, 2021 yilda 22 martButunjahon suv resurslari kunining mavzusi – SUV QADRI.

Suvdan foydalanish yer yuzida yashayotgan har bir insonning huquqidir. Suv resurslari barqaror rivojlanish hamda kambag‘allik va ochlikni qisqartirish uchun hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda ta’kidlanigadiek, BMT Bosh assambleyasi xo‘jalik yuritish va eksplutatsiya qilishning samarasiz va nooqilona usullari, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va boshqa tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelayotgan omillar va noaniqliklar suv bilan bog‘liq ekotizimlarni xavf ostiga qo‘yish bilan bog‘liq omillarni e’tiborga olib 2016 yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi 2018-2028 yillarni o‘z ichiga olgan davrni «Barqaror rivojlanish uchun suv» xalqaro o‘n yillik harakatlarni deb e’lon qilgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda sayyoradagi har uchinchi odam toza ichimlik suviga ega emas.

Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, 2050 yilga kelib 5,7 milliardgacha bo‘lgan odamlar yilda bir oy mobaynida chuchuk suv tanqisligini his etadigan hududlarda yashaydi.

Barqaror suv ta’minoti va sanitariya yiliga 360 ming yangi tug‘ilgan go‘daklar o‘limining oldini olishi mumkin.

O‘zbekistonning suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari, shuningdek, antropogen foydalanishdan qaytadigan suvlar (drenaj va oqova suvlar)dan iborat. O‘rtacha ko‘p yillik jami oqar suv hajmi 114,4 km3 ni tashkil etadigan Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolar O‘zbekistonda yer usti suv oqimini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.

O‘zbekiston hududida 17 777 ta tabiiy oqar suv manbalari (Amudaryo havzasida — 9 930 ta, Sirdaryo havzasida — 4 926 ta) va 500 dan ortiq ko‘l bo‘lib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ularning eng kattasi hisoblanadi, shuningdek, prognoz qilingan hajmi sutkasiga 75,5 mln mni tashkil etadigan chuchuk suv va biroz sho‘rlangan yer osti suvlari konlarida 26 mingdan ziyod quduqlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son farmoniga muvofiq 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini amalga oshirish natijasida qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish, oqava suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirishga erishiladi.

22 marta – Vsemirnыy den vodы

22 marta – Vsemirnыy den vodы

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources