Toshkent viloyati. Daryo o‘zanlarini tozalash tartibi va loyiha talablariga amal qilmagan sub’ektlar shartnomalari bekor qilindi
12.
03. 2021
10:21
5722
Econadzor

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Toshkent viloyati FVV, «Xavfsiz Daryo» DUK va Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda tashkil qilingan ishchi guruh noruda foydali qazilmalar mavjud joylarda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan o‘zanlarni tozalash ishlari jarayonida noqonuniy tarzda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini aniqlash va barham berish maqsadida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlarida joylashgan 8 ta o‘zan tozalash obektlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida Burgalik hududida faoliyat yuritayotgan 3 ta sub’ekt daryo o‘zanlarini tozalash tartibi va loyiha talablariga amal qilmaganligi sababli shartnomalarning uzaytirilishi bekor kilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources