Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi
11.
03. 2021
20:21
5006
News

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida» 2021 yil 9 martdagi 126-son qarori bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur hamda uni amalga oshirishning «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha Milliy dastur xalqaro hamjamiyatning ozon qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan yangi yondoshuvlarini o‘zida aks ettiradi.

Mazkur qaror bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida:

– O‘zbekiston Respublikasi ozon buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga kiritilgan to‘rta ya’ni, London (1990 y. Maqsadi: ozon buzuvchi moddalar (OBM) soni ko‘paytirilgan), Kopengagen (1992 y. Maqsadi: 2030 y. GXFU moddasini ishlab chiqarish va foydalanish taqiqlangan), Monreal (1997 y. Maqsadi: OBMlarni importi va eksportini litsenziyalashga qaratilgan), Pekin (1999 y. Maqsadi: OBM bilan savdo qilish taqiqlangan) tuzatishlar asosida ishlarni kuchaytirish shuningdek, so‘nggi kiritilgan Kigali (2016 y. Maqsadi: nafaqat OMBlarni balki, Ozon uchun xavfsiz moddalarni ham tartibga solish) tuzatishiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqqan holda, halqaro ahamiyatga ega talablarni ijro etish;

– Loyihaning 3-ilovasi bilan kiritilayotgan Vazirlar Mahkamasining «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 9 yanvardagi 17-son qarorining 2-ilovasiga kiritilayotgan to‘ldirish natijasida ozonni buzuvchi yoki ularga bog‘liq bo‘lgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarini O‘zbekiston Respublikasiga import qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga erishiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources