Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «Yashil» rivojlanish global aloqalar» bo‘limi rahbari Kumi Kitamori boshchiligidagi guruh bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Tomonlar ikkitomonlama hamkorlik bo‘yicha muhim tadbirlarni hamda Toshkent shahrida 2021 yil oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Yashil» harakatlar bo‘yicha maxsus ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Avvallari «yashil» harakatlar bo‘yicha yillik yig‘ilishlar Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo davlatlarida hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Parijdagi bosh ofisida o‘tkazilgan.
«Yashil» iqtisodiyot bo‘yicha harakatlar dasturi Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiyoti o‘tish davridagi davlatlarning ekologik siyosatini yaxshilashga ko‘maklashish harakatlarini o‘z ichiga oladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati