O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish: Yevropa tajribasi
26.
02. 2021
19:18
5783
Event

Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga keng jalb etish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish: Yevropa tajribasi» mavzusida talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha bosh boshqarma mutaxassislari ta’kidlaganidek, so‘nggi uch yil ichida mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish, biologik xilma-xillikni saqlash, o‘simliklarning noyob turlarini ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan «Xorazm milliy tabiat bog‘i», «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlarni jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources