Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobi
23.
02. 2021
11:04
6579
Econadzor

O‘tgan hafta Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari suv havzalarida suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobga olish tadbiri amalga oshirildi. Tadqiq etilgan suv havzalarining aksariyati eng muhim ornitologik hudud hisoblanadi (Oqtepa, Janubiy Surxon suv omborlari, Termiz shahri yaqinidagi Amudaryoning qayiri va boshqalar).

Ta’kidlash joizki, Termiz shahri yaqinidagi Amudaryoning qayiri qishlovchi hamda ko‘chib o‘tuvchi turnalar va boshqa suvda suzuvchi qushlar uchun muhim yashash joyidir. Mazkur hudud CMS (Ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash to‘g‘risidagi konventsiya) sertifikatiga ega bo‘lib, (WCASN) Sibir oq turnasi va boshqa G‘arbiy va O‘rta Osiyo suvda suzuvchi qushlari uchun hudud tarmog‘iga kiritilgan.

Ushbu hududda 5000 dan ortiq kulrang turnalar, shuningdek, g‘ozning 3 turi – kulrang, oq peshonali g‘oz hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, IUCN qizil ro‘yxatiga kiritilgan va juda kam uchraydigan qorag‘ozlar qayd etildi.

Tadqiqot o‘tkazilgan boshqa suv havzalarida jingalak saqoqush, kichik qoravoy, bizg‘aldoq, oq dumli suv burgut, qizqush, churrak, katta qo‘ng‘ir va boshqa qush turlari qayd etildi.

Olingan natijalar hayvonot dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek, Afrika-Evroosiyo migratsion suv qushlarini saqlash to‘g‘risidagi (AEWA) bitmning milliy hisobotlariga kiritishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobi

Suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobi

Suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobi

Suvda suzuvchi qushlarning qishki hisobi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources