11.
02. 2021
13:12
5482
News
Davlat ekologiya qo‘mita raisi A.Maksudov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Orol dengizi qirg‘og‘idan artemiya tsistalarini yig‘ib oluvchi tadbirkorlik sub’ektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mutasaddilar bilan uchrashuv davomida artemiya tsistalarini qayta ishlab, eksport qilish masalalari ko‘rib chiqildi, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlarining takliflari tinglandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati