Samarqand viloyati. Samarqand tumanida noqonuniy kesilgan chinor yuzasidan munosabat
09.
02. 2021
19:08
5252
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand tumanida joylashgan «Sulfakautak» mahallasida Sulfakautak va X.G‘iyosov ko‘chalari kesishmasida 2021 yil 7 fevral kuni 1 tub chinor daraxtining kesilganligi to‘g‘risidagi habar Samarqand viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Samarqand tuman inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida haqiqatan ham bayon etilgan manzilda 1 tup chinor daraxti kesilib, tagidan tomiri bilan kavlab olingan. Mazkur hududdan kesib o‘tgan ko‘chada amalga oshirilayotgan kengaytirish va rekonstruktsiya ishlari olib borilayotganidan foydalanib, fuqaro X.A. o‘z ehtiyojlari uchun chinor daraxtini noqonuniy kesganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya’ni 1 mln 225 ming so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 55 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources