Toshkent viloyati, Ohongaron tumani. Tezkor xabar
20.
01. 2021
19:56
5951
Econadzor

2012 yil 20 yanvar kuni Ohongaron tumani hududida joylashgan «Yangi Angren IES» AJning 5-energoblokida ish jarayonida yong‘in kelib chiqqanligi sababli atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash holati kuzatilgan. Yong‘in Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘limlari jalb qilingan holda bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida atmosfera havosini ifloslanishini tahlil etish maqsadida, Davlat ekologiya qo‘mitasining mobil ekologiya laboratoriyasi orqali havo sifati tahlil qilindi.

Tahlil ishlarini amalga oshirish chog‘ida shamol tezligi sekundiga 3,63-6,14 metrni tashkil etgan bo‘lsa, havo harorati 12,50S ni tashkil qildi.

Yong‘in natijasida hosil bo‘lgan qora tutun shamol tezligi va uning harakatlanishi yuqoriga bo‘lganligi sababli korxonaning ishlab chiqarish hududidan tashqarisida aholi yashash punktida o‘tkazilgan tahlil natijalarida o‘lchovda bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar (chang, azot oksidi, azot ikki oksidi, uglerod oksidi, ammiak, oltingugurt oksidi, farmaldegid, fenol, vodorod ftoridi, vodorod sulfidi, uglevodorodlar, metan) bo‘yicha belgilangan me’yorlardan ortiq chiqish holatlari kuzatilmadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources