Qishda daraxt ekish mumkinmi?
05.
01. 2021
10:11
5656
News

Odamlar daraxt ekish mavsumini bahor bilan bog‘laydilar. Axir, aynan shu faslda butun tabiat uyg‘onadi va o‘simliklar tuproqdan ozuqa oladi. Biroq bu yosh ko‘chatlar uchun mos keladi.

Qishda katta hajmdagi o‘simliklar ekiladi: tilag‘och, qoraqarag‘ay, qarag‘ay, chetan, jo‘ka, qayin, chinor, terak va qayrag‘och navlari. Ushbu daraxtlar shakllanib bo‘lgan ildiz tizimiga va shox-shabbaga egadirlar.

Sovuq mavsumda daraxtlar qish uyqusida ketadi — ulardagi barcha jarayonlar sekinlashadi. Bahorda ushbu jarayonlar qayta ishga tushirilgani sababli, yaxshisi ularga tegmagan ma’qul.

Ushbu muolaja uchun ko‘chatlar ko‘chatxonadan olinadi. Ular yaxshi shakllangan ildiz tizimiga ega bo‘ladilar.

Ushbu qishda ekilgan daraxtlar bahor kelganda o‘zining yashil shox-shabbalari bilan shaharga ko‘rk bag‘ishlaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources