Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bulduruq hodisasi sodir bo‘lmoqda
04.
01. 2021
11:41
5211
News

Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog‘li hududlarida o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkangan.

Guyoki, tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday. Aslida tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi.

Bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi.

Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Bulduruqning sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida «Bir bulduruq uch qorga tatiydi» degan maqol bor.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources