AQSh Xalqaro rivojlanish agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakolatxonasi Iqtisodiy rivojlanish ofisi direktori Skot Xedland bilan uchrashuv to‘g‘risida ma’lumot
22.
12. 2020
17:48
5987
News

Davlat ekologiya qo‘mitasida AQSh Xalqaro rivojlanish agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakolatxonasi Iqtisodiy rivojlanish ofisi direktori S.Xedland bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek bu sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

S.Xedlandga Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish, Orol dengizi mintaqasida ekologik vaziyatni, mahalliy aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, biologik xilma-xillikni tiklash bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources