2021 yil Samarqandda 1300 gektardan ortiq o‘rmonzor barpo etiladi
12.
12. 2020
10:37
4746
News

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi «Respublika hududlarida o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarida «yashil qoplamalar» barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra, 2021 yilda viloyatda barpo etiladigan o‘rmonzorlar hajmlari tasdiqlandi.

Mas’ul boshqarmalar tumanlar hokimliklari bilan birgalikda viloyat hududlarida o‘rmonzorlar barpo etiladigan maydonlar hududlar kesimida aniqlanib, xatlovdan o‘tkaziladi hamda xaritasi ishlab chiqiladi.

O‘rmonzorlar uchun zarur bo‘ladigan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi asosida davlat o‘rmon fondiga ajratiladi.

Qarorga asosan 2021 yil viloyatdagi 8 ta o‘rmon xo‘jaliklarida 1327 gektar o‘rmonzor barpo etiladi. Shundan, 1067 gektar yong‘oq, 260 gektar boshqa turdagi daraxtlar va 25 gektar maydonda pavlovniya plantatsiyasi barpo etiladi.

Manba: http://zarnews.uz/u2l

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources