«Tabiat vaqti: inson, atrof muhit va bioxilma-xillik» mavzusidagi tanlov yakunlari umumlashtirildi
16.
11. 2020
12:58
6175
News

2020 yil 13 noyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda UzWaterAware loyihasi doirasida o‘tkazilgan «Tabiat vaqti: inson, atrof muhit va bioxilma-xillik» mavzusidagi video roliklar tanlov yakunlari umumlashtirilib, g‘oliblar taqdirlandi.

Tanlov uchta nominatsiyada o‘tkazilib Suv resurslarini muhofaza qilish nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Abdullaeva Dildora, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha Asadullina Anna hamda atrof muhit bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Abdukadirova Madina, Eldor Ruziev, Shaxzod Alijonov tanlov g‘oliblar sifatida sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources