Xorazm viloyati: Chegarada ushlangan brakonerlar!
16.
11. 2020
12:39
5953
Econadzor

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya hamda Xorazm viloyati DXX Chegara qo‘shinlari xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2020 yil 15 noyabr kuni o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida Tuproqqal’a tumanida yashovchi fuqarolar S.D, A.D. va X.M. lar tomonidan chegara va chegara oldi hududlarida bo‘lish hamda baliq ovlash qoidalarini buzib, noqonuniy ravishda baliq ovlaganliklari aniqlandi. Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar bo‘yicha 39 mln 783 ming so‘m da’vo hisoblandi.

Qonunbuzarlarning xatti - harakatlarida jinoyat alomatlari borligi sababli tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources