Jizzax viloyati. Zomin davlat qo‘riqxonasi
26.
10. 2020
13:00
6364
News

Qo‘riqxona hududida G‘arbiy Buxoro zoogeografik uchastkasiga qaraydigan anchagina xilma-xil hayvonot dunyosi yashaydi. Bu yerda qo‘riqxona archa o‘rmonzorlariga xos barcha turlar uchraydi. Har xil maydonlarda boy ozuqa bazasi, in va uyali joylar bioxilma-xillik majmuasining barcha tarkibiga yashash imkonini yaratgan.

Qo‘riqxona hududida baliqlarning 1 turi, suvda va quruqliqda yashovchilarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi va sutemizuvchilarning 30 turi uchraydi. Qo‘ng‘ir ayiq va Turkiston silovsini TMXIning «Qizil Kitobi»ga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Qizil Kitobi»ga qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston silovsini, tog‘ echkisi, tasqara, qora laylak, boltayutar, burgut, kichik burgut, itolg‘i, oqboshli qumoy, mallabosh lochinlar kiritilgan.

Archali kengliklar xususan qushlarga boy. Odatda qo‘riqxona o‘rmonlarida sariq va tog‘ dehqonchumchug‘i, qorabuqoq bo‘zshaqshaq, pungqush, hammayoqda hoziru nozir kakliklar, Turkiston chig‘irchig‘i ko‘plab uchraydi. Sharsharali daralarda tog‘ maynasi va vohmaqush, toshli soylarda qo‘ng‘ir va oddiy suvchumchuq, tog‘ va niqobli jiblajibon yashaydi. Yuqori cho‘qqilarda quyidagi yirik qushlar in quradi: oqboshli qumay, tasqara boltatumshuq-qo‘zilar. Chortongi darasida, qoyaning oyoq yetmaydigan chuqur yorig‘ida bir juft qora turna yashaydi. Bu juftlik har yili shu yerga ko‘chib keladi.

Sut emizuvchilardan bu yerda bo‘ri, to‘ng‘iz, quyon, oddiy ko‘rsichqonlar doimiydir. Yuqori tog‘liklar, archa zonasida ayiqlarni bolalari bilan uchratish mumkin, ular bu yerda ko‘p uchraydi. Xilvat joylarda Turkiston silovsining shitir-shitirini eshitib turish mumkin. Erta tongda tun yirtqichi, jajjigina, yoqimtoy ariq sichqonini uchratish mumkin.

Tog‘ echkisi tog‘liklar, qoyalar va tosh uyumlarida uchraydi, ular ham qo‘riqxona hayvonat dunyosining oddiy a’zosi.

Qoq toshliklarda turkiston echkiemarini uchratish mumkin. Qumli va tuproq qiyaliklarda bo‘shilon, chiporilon, cho‘l taqirko‘zligi, sariqilon va boshqalar ko‘zga tashlanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources