Boshkarmaning yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazifalari va funktsiyalari

Quyidagilar yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari

Quyidagilar Suv yer resurslari yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Boshqarma va hududiy organlarning suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;

– suv, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza kilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud makomi berilgan hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;

– tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

– ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;

– atrof-muhitning kulay ekologik holati saklab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

– atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza kilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chikilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k. 
 

Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-xuquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu kursatkichlarga suzsiz erishishini ta’minlashga karatilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini qo‘rish;

1) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

3) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘urib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;

4) Davlat ekologiya qo‘mitasiga takdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

5) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Prezident Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

7) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
 

Boshqarmaning suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi
funktsiyalariga quyidagilar kiradi
:

1) yer usti, yer osti suvlarini ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

2) suv resurslaridan foydalanilishi, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va rejimiga, ularni ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’ektlarining qirg‘oq buyilarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora- tadbirlari bajarilishini nazorat qiladi;

3) suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’moli uchun ruxsatnomalar berish, shu jumladan “Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ularning hisobini yuritish ishlariga rahbarliq qiladi;

4) oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalari manbalarini xatlovdan o‘tkazishda hamda o‘rnatilayotgan me’yorlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

5) oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash(oqizish)ning belgilangan ekologik me’yorlari, shuningdek ushbu tashlamalarni belgilangan me’yorlargacha pasaytirishga doir chora-tadbirlarni kelishadi;

6) oqova suvlarni ochik suv havzalari va joy relefiga tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilarini qamrab olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;

7) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvni muhofaza qilish ob’ektlari, suv ho‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshka gidrotexnika inshootlarini ishlatish koidalariga rioya etilishi va bajarilishining davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;

8) suv resurslarini tejaydigan texnologiyalarni keng va har bir ishlab chiqarish jarayonida joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

9) ishlab chiqarish oqovalarini kanalizatsiya tizimlariga tashlaydigan korxonalar oqova suvlari nazoratini tashkillashtiradi;

10) yer usti suv manbalarining suvni muhofaza qilish mintaqalarida hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlarda o‘tkaziladigan reydlar va ularning natijadorligi monitoringini yuritadi.
 

Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazifalari va funktsiyalari

Quyidagilar yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Boshqarma va hududiy organlarning yer resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;

– Yer, keng tarkalgan qazilma boyliklarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan xududlar)ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish soxasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;

– tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

– ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;

– atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

– atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza qilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chiqilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiklashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k.
 

Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

1) tuproqlarni ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

2) ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan, harob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qilinishi nazorat qilish;

3) yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi;

4) yer egalari va yer uchastkalari foydalanuvchilari tomonidan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi;

5) o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat;

6) 6-toifaga mansub bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar) davlat kadastrini yuritish;

7) vaqtiincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish nazoratini amalga oshirish;

8) yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

9) somon poyalari yoqilishi oldini olish, natijasida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda qo‘yilgan davolar monitoringini yuritadi;

10) sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari va zararli kimyoviy moddalarni ko‘mish qabristonlari atrofidagi yerlarning ifloslanishi nazoratini muvofiqlashtiradi, monitoring natijalarini tahlil qilib, tuprok ifloslanishini kamaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi.

– Boshqarma va hududiy organlarning yer resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;

– Yer, keng tarqalgan qazilma boyliklarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar)ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;

– Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

– Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;

– Atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

– Atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza qilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chiqilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k.
 

Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

1) tuproqlarni ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

2) ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan, harob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qilinishi nazorat qilish;

3) yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi;

4) yer egalari va yer uchastkalari foydalanuvchilari tomonidan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi;

5) o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat;

6) 6-toifaga mansub bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar) davlat kadastrini yuritish;

7) vaqtiincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish nazoratini amalga oshirish;

8) yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

9) somon poyalari yokilishi oldini olish, natijasida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda quyilgan davolar monitoringini yuritadi;

10) sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari va zararli kimyoviy moddalarni ko‘mish qabristonlari atrofidagi yerlarning ifloslanishi nazoratini muvofiqlashtiradi, monitoring natijalarini tahlil qilib, tuproq ifloslanishini kamaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi.

11) foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindi konalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va ahlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof-muhitni ifloslanishdan, hosil bo‘lgan muammolarni bartaraf etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablari;

12) keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

13) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;

14) keng tarkalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish ishlarini rejalashtiradi;

15) chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish hududi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatadi va ularning hisobini yuritadi;

16) daryo va soy o‘zanlaridan qum va shag‘allarni noqonuniy qazib olinishini oldini olish madsadida reydlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi va monitoringini olib boradi.