Government Services
  • About activities
  • Functions and duties
  • Services
  • Legislation

Dalvat ekologiya qo‘mitasi tizimida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari
va ularning sifatini yanada yaxshilash masalalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali Qo‘mita tomonidan quyidagi xizmatlar elekton tarzda amalga oshiriladi (arizalarni ko‘rib chiqish muddati):

1. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning respublika hududiga olib kirish, olib chiqishga xulosa/ruxsatnoma (7 ish kuni).

2. Yovvoyi xayvonlar, ularning kismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib chiqish va olib kirishga ruxsatnoma (15 ish kuni).

3. Yovvoyi xayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kollektsiyalarini xisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma.

4. Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma (15 ish kuni).

5. Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma (15 ish kuni).

6. O‘simlik dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma (5 ish kuni).

7. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olishga xulosa (5 ish kuni).

8. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus ist’emol qilish uchun ruxsatnoma (5 ish kuni).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qaroriga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “Davekosertifikat” DUK tomonidan beriladigan 2 ta xizmat kiritilgan. Bular:

1. O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat (5 ish kuni).

2. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishga ekologik sertifikat (5 ish kuni).

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qarorida ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish belgilangan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmon bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha idoraviy axobrot tizimi ishlab chiqish va uni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish belgilangan.

Mazkur yo‘nalishda idoraviy axborot tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu axborot tizim bilan Qo‘mita tomonidan beriladigan barcha ruxsat etuvchi hujjatlar elektron bazasini shakillantirish, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlari joriy etiladi.

Yaratilgan axborot tizim orqali tadbirkorlik sub’ektlarida arizalar qabul qilinganligi va ko‘rib chiqish jaryonini kuzatish imkoni paydo bo‘ladi va bu haqida ularning mobil telefonlariga sms xabarnoma yuboriladi.

Hozirgi kunda ushbu idoraviy axborot tizimini Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) hamda «Yagona darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi va tashkilotlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot
 

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar

Me’yoriy-huquqiy hujjat

Rasmiylashtirish shakli

Mas’ul boshqarma, bo‘lim

1

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning import va eksportga berilgan ruxsatnoma

Vazirlar Mahkamasining qarori №17, 09.01.2018 y.

Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz

Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi

2

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

Vazirlar Mahkamasining qarori №290 20.10.2014 y.

Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz

Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi

3

Evvoyi xayvonlar, ularning kismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib chiqish va olib kirishga ruxsatnoma

4

Yovvoyi xayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kollektsiyalarini xisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

5

Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

6

O‘simlik dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma

Vazirlar Mahkammasining qarori №255, 31.03.2018 y.

Davlat xizmatlari, www.my.gov.uz

Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi

7

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus ist’emol qilish uchun ruxsatnoma

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi

8

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olishga xulosa berish bo‘yicha

Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi

9

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat

Vaqtinchalik yo‘riqnomani №1670, 07.04.2007y.

 "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi

DUK "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi"

10

Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ularni uning xududidan olib chiqishga ekologik sertifikat

Vazirlar Mahkamasining qarori №151, 19.04.2000y.

 "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi

11

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlarini tabiiy muhtdan ajratib olishga ruxsatnoma

Vazirlar Mahkamasining
№290 20.10.2014y

to‘g‘ridan to‘g‘ri qog‘oz shaklida

Bioxilmaxillik bosh boshqarmasi

12

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) ruxsatnoma berish

13

Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori №PQ-649, 07.06.2007 y.

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi

 

Qonunchilik
 

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»

№ PQ-2750, 01.02.2017 y.

https://lex.uz/ru/docs/3103832?otherlang=3

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»

№ PQ-4297, 23.04.2019 y.

https://lex.uz/ru/docs/4302719?otherlang=3

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»

№ PF-5930, 31.01.2020 y.

https://lex.uz/ru/docs/4720391 otherlang=3

 

  • Map
  • Protected natural areas
  • Open data
  • Contacts

Davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi
   

Bo‘lim boshlig‘i Juraqobilov
Rustam Juraqobilovich

(+988) 71 207 07 70
(ichki raqam 7001#)