Bioxilmaxillik
  • About activities
  • Functions and duties
  • Services
  • Legislation

Faoliyat haqida

Mamlakat va uning xalqi rivojlanishi uchun Bioxilmaxillikning ahamiyatini to‘la tushunib yetish uchun, eng avvalo, mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini bilish kerak. “Bioxilmaxillik nima?”, degan savolga ko‘pchilik bu “tabiat” yoki “yovvoyi hayvonlar” deb javob beradi. Ammo, Bioxilmaxillik ancha keng tushuncha bo‘lib, u hayotning barcha turlarini va sayyoramizda mavjud barcha tabiiy tizimlarni o‘z ichiga oladi.

Bioxilmaxillik turg‘un tushuncha emas. U tabiat barcha biologik qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini taqozo etishini tan oladi. Ko‘pincha mazkur tushunchaning uch darajasi farqlanadi: turlarning biologik rang-barangligi – barcha o‘simliklar va hayvonlarning, shu jumladan turli bakteriyalar va mikroorganizmlarning rang-barangligi; genetik rang-baranglik – turlardagi genetik materialning rang-barangligi va ularning o‘rtasidagi Bioxilmaxillik; ekologik tizimlarning rang-barangligi – ekologik tizimlarning boyligi (masalan, tog‘ o‘rmonlari, cho‘llar yoki savannalar, sahrolar va dengizlar va h.k.). Bu uch daraja jamuljam holda Bioxilmaxillikni tashkil etadi. Shu sababli mazkur darajalarning har birini asrash umuman Bioxilmaxillikni asrash uchun muhimdir.

O‘zbekistonning umumiy biologik xilma-xilligi 27000 dan ortiq turni tashkil etadi. Mamlakatimizning o‘simlik dunyosida yuksak yoki oliy o‘simlik turlari alohida ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida 4500 ga yaqin yuksak o‘simlik turlari va 2000 dan ortiq zamburug‘ turlari uchraydi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj kamyob va relikt turlar ham mavjud bo‘lib, ularning soni 300 dan oshadi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 314 turdagi o‘simlik turi kiritilgan.

Har yili respublikada yovvoyi holda o‘sadigan dorivor, oziq-ovqat va texnik o‘simliklarning 65 turiga yaqini yetishtiriladi. Eng ko‘p miqdordagi hosil quyidagi turlarga to‘g‘ri keladi: qizilmiya, kovrak, kovul, qo‘ziqorin va na’matak.

O‘zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 706 turi (sut emizuvchilar – 107, qushlar – 460, sudralib yuruvchilar – 64, amfibiyalar – 3 va baliqlar – 76) mavjud, umurtqasiz hayvon turlari esa 15 mingdan ortiq. So‘nggi o‘n yil davomida tabiatdan foydalanishning kuchayishi oqibatida, O‘zbekistondagi ko‘plab hayvon turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

Muhofazaga muhtoj va yo‘qolib borayotgan hayvon turlaridan O‘zbekistonning Qizil kitobiga kenja turlar bilan birgalikda sutemizuvchilarning 30, qushlarning 52 turi, sudralib yuruvchilarning 21 turi, baliqlarning 18 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 15 turi va bo‘g‘imoyoqlilarning 67 turi kiritilgan.

Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bioxilma-xillik sohasidagi faoliyati asosan tabiiy majmualar, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish va nazorat qilish, sohaga doir chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, bioxilma-xillikni o‘rganish va muhofaza qilish sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda boshqalardan iboratdir.

 

Funktsiya va vazifalar

Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy funktsiyalar va vazifalari hisoblanadi:

– Bosh boshqarma va hududiy organlarning bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;

– Bioxilmaxillik jumladan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik hamda yovvoyi holda yashovchi hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash va ularni qayta tiklash va oqilona foydalanish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish, sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablarini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, soha siyosatini belgilash va boshqaruvini amalga oshirish;

– Bo‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining mavjud bo‘lish, ularning yashash muhitini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratishni muvofiqlashtirish;

– noyob va yo‘q bo‘lib ketish havfi ostidagi yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik fondi, tabiiy turlar xilma-xilligi, ular yaxlitligini saqlab qolishni ta’minlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy-muhit monitoringini olib borish;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi o‘simlik plantatsiyalarining va hayvonlarni ko‘paytirish va ularni saqlash pitomniklarining botanik va zoologik kollektsiyalarning davlat hisobini yuritish;

– qo‘mita markaziy apparati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limlarini xizmat vazifalariga ko‘ra boshqarish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish.
 

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) Bosh boshqarma va hududiy organlarning bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish sohasida:

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

– tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funktsiyalarning bajarilishini nazorat etish;

– Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

– prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Maxkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

– Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

– tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

– tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

– tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;

– tarkibii bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zahirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;

– tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga asosan ishtirok etish;

– Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

– xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning horijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning horij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va horijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

– Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi
62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy bo‘linma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

– O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy bo‘linmalarda korruptsiya va boshqa qonunbo‘zarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, hudud amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

– davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga takliflar kiritish;

– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF- 4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

– davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va mahfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


b) Bioxilmaxillik jumladan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik hamda yovvoyi holda yashovchi hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash va ularni qayta tiklash va oqilona foydalanish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish, sohaga oid davlat nazoratini amalga oshirish, soha siyosatini belgilash va boshqaruvini amalga oshirish borasida:

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablarini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini saqlash, ulardan barqaror foydalanish va ularni tiklash sohasiga doir dasturlar va rejalar ishlab chiqilishiga qatnashish va ular ijrosi bo‘yicha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati;

– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ishlarini yuritish va ularning rejimini ta’minlash, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini yashash muhitlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, ularni tiklash bo‘yicha faoliyati;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qazil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va tiklash, shuningdek pitomniklar tashkil qilinishini, ovchilik-baliqchilik, davlat o‘rmon fondi hududida o‘rmon xo‘jaligi faoliyat yuritilishi;

– barcha hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan (jumladan, Qizil kitobga kiritilgan turlar ham) foydalanishda tegishli ruxsatnomalar tartib tamoyillariga rioya qilinishi, o‘simlik xomashyosini terish, yig‘ish, hayvonot dunyosi ob’ektlaridan ov qilish, o‘lja olish faoliyatini nazorat qilib borish hamda terilgan, yig‘ilgan o‘simlik xomashyosi hamda ovlangan, o‘lja olingan hayvonlar hisobi va monitoringini yuritilishi;

– tabiiy suv havzalari va ularni muhofaza qilish zonalari, suv havzalarining qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari holatiga ta’sir etuvchi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

– O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobini yuritish ishlarida qatnashadi;

– jamoat ekologik nazorat inspektorlari bilan o‘zaro xamkorlik qiladi, ularga o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida metodik yordam beradi;

– qo‘mita markaziy apparati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni nazorat qilish sohasida hamkorlik qiladi;

– ichki ishlar, davlat soliq, bojxona va boshqa davlat organlarini jalb qilgan holda, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash, ulardan oqilona foydalanish sohasidagi tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar (reydlar) o‘tkazishda qatnashadi.
 

v) O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining mavjud bo‘lish, ularning yashash muhitini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratishni muvofiqlashtirish sohasida:

– hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, tegishli dasturlar va rejalar bajarilishini nazorat etadi;

– baliqchilik va ovchilik xo‘jaliklari, baliq pitomniklari, baliqni himoyalash inshootlari faoliyati va holati, suv havzalarida, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosasida o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlarning bajarilishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlariga yetkazilgan zarar o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlaydi;

– tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirilishi va ovchilik xo‘jaliklarida biotexnik tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanishga, ularni respublikadan olib chiqish va olib kirishga ruxsatnomalar rasmiylashtiradi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat berish talab va shartlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat va monitoring olib boradi;

– botanik va zoologik kollektsiyalarning davlat hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtiradi;

– yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalarning va hayvonlar ko‘paytiriladigan pitomniklarning davlat hisobiga olish yuzasidan guvohnoma rasmiylashtiradi, ular hisobini yuritadi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar, o‘simlik yetishtirish plantatsiyalar va hayvonot dunyosi ob’ektlarini sun’iy ko‘paytirish pitomniklar faoliyati monitoringini yuritadi hamda qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklash va taqiqlarni belgilaydi.
 

g) Noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik fondi, tabiiy turlar xilma-xilligi, ular yaxlitligini saqlanib qolishini ta’minlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish sohasida:

– flora va fauna turlar tarkibini, ularning genetik fondi, yovvoyi hayvonlarning yashashi va yovvoyi o‘simliklarning o‘sish muhitini muhofaza qilinishini va tabiiy sharoitlarda saqlanishini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari tiklanishini ta’minlash maqsadlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni barpo qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

– ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil qilish va yuritish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini ularning belgilangan muhofaza qilish va foydalanish rejimiga rioya qilishi ishlarini tahlil qilib boradi;

– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini tiklash bo‘yicha plantatsiyalar, pitomniklar faoliyatini tekshiradi;

– tabiatdan foydalanuvchilarga o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi;

– tabiatdan foydalanuvchilarning o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini tabiatdan olish uchun kvotalar ajratish bo‘yicha har yilgi arizalarini to‘playdi va umumlashtiradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi.
 

d) O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish va ularni saqlash pitomnik hamda plantatsiyalarining, botanik va zoologik kollektsiyalarning davlat hisobini yuritish sohasida:

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa davlat organlari bilan birgalikda o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritadi;

– zoologik va botanik kollektsiyalarni, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha pitomniklarni va yovvoyi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;

– respublikada qo‘riqxonalar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ishiga Qo‘mita nomidan rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini yuritadi;

– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining holatini kuzatadi, u bo‘yicha axborot to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, dasturlar va rejalar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi;

– qo‘mita markaziy apparati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi hamda uning hududiy bo‘limlar faoliyatiga oid amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hamkorlik qiladi;

e) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limlarini xizmat vazifalariga ko‘ra boshqarish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

– hududiy bo‘limlarni xizmat vazifalariga ko‘ra boshqaruvni amalga oshiradi;

– hududiy bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

– hududiy bo‘limlar faoliyatiga oid amalga oshirilgan ishlar yuzasidan zarur hisobot va ma’lumotlarni qabul qiladi.

 

 

Xizmatlar

– O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar berish.

– Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnomalar berish.

– Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya kollektsiyalarining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berish.

– Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) ruxsatnomalai berish.

Qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, “Qo‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish tug‘risida” gi, “Halqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risida”gi, “Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va yana bir qator konventsiyalarga a’zo bo‘lgan.

Bioxilmaxillik haqidagi Konventsiya 1992 yil 5 iyunda Reo-di-Janeyro shahrida o‘tkazilgan BMTning atrof-muhit va taraqqiyot konferentsiyasida imzolanishi uchun ochilgan va 1993 yil 29 dekabrda 30 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingandan keyin kuchga kirgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi qaroriga asosan Konventsiyaga qo‘shilgan.

BMT Konventsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xalqaro hamjamiyat insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillik inson faoliyatining ayrim turlari ta’siri natijasida sezilarli darajada kamayotganligidadir.

Konventsiya dunyo mamlakatlarining biologik xilmaxillikni saqlash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha, shu jumladan, ularning strategik xarakatlar rejalarini ishlab chiqishdagi birgalikdagi ishlarini muvofiqlashtiradi.

Bioxilmaxillikni saqlash qilish sohasida qonunlari - “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va boshqa hukumat tomonidan tegishli qonunlar qabul qilingan.

2004 yil 3-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingandan keyin ko‘p sonli ob’ektlarga – o‘rmon xo‘jalik korxonalari va ovchilik xo‘jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berildi.

Biosfera davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko‘zda tutiladi va biosfera rezervatlar bo‘yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi.

Bioxillikni saqlash bo‘yicha bir qancha hukumat tomonidan tegishli qarorlar qabul qilingan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-yanvardagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishni tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 13-son qarori tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 339-sonli qaror tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4247-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-sonli “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini” amaliyotga joriy qilindi.

  • Map
  • Protected natural areas
  • Open data
  • Contacts

Himoyalangan tabiiy hududlar

Himoyalangan tabiiy hududlar

Erning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.

Tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi o‘rnatiladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:

– davlat qo‘riqxonalari;

– majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;

– tabiat bog‘lari;

– davlat tabiat yodgorliklari;

– ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;

– muhofaza etiladigan landshaftlar;

– ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.

– Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
 

Davlat qo‘riqxonalari

Tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 6 ta davlat qo‘riqxonalari mavjud:

– Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi (Toshkent viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Zomin davlat qo‘riqxonasi (Jizzax viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Nurota davlat qo‘riqxonasi (Jizzax viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Qizilqum davlat qo‘riqxonasi (Buxoro va Xorazm viloyatlari, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Surxon davlat qo‘riqxonasi (Surxandaryo viloyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Hisor davlat qo‘riqxonasi (Qashqadaryo viloyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);
 

Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari

Alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxona mavjud:

– «Saygachiy» majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida)
 

Tabiat bog‘lari

Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bog‘lari hisoblanadi. Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog‘lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga bo‘linadi.

O‘zbekiston Respublikasida 5 ta davlat milliy tabiat bog‘i mavjud:

Xorazm davlat milliy tabiat bog‘i (Xorazm viloyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufida);

– Zomin davlat milliy tabiat bog‘i (Jizzax viloyati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida);

– Zarafshon davlat milliy tabiat bog‘i (Samarqand viloyati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida);

– Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i (Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida);

– Kitob geologik milliy tabiat bog‘i (Qashqadaryo viloyati, Geologiya davlvt qo‘mitasi).
 

Davlat tabiat yodgorliklari

Noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy ob’ektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi.

 O‘zbekiston Respublikasida 11 ta davlat tabiat yodgorliklari mavjud:

– Vardanzi davlat tabiat yodgorligi (Buxoro viloyati);

– Mingbuloq davlat tabiat yodgorligi (Namangan viloyati);

– Chust davlat tabiat yodgorligi (Namangan viloyati);

– Yozyovon davlat tabiat yodgorligi (Farg‘ona viloyati);

– Yangibozor davlat tabiat yodgorligi (Xorazm viloyati);

– Varaxsha davlat tabiat yodgorligi (Buxoro viloyati);

– Paykent davlat tabiat yodgorligi (Buxoro viloyati);

– Zilxa davlat tabiat yodgorligi (Farg‘ona viloyati);

– Akbarobod davlat tabiat yodgorligi (Farg‘ona viloyati);

– Bo‘stonbuva davlat tabiat yodgorligi (Buxoro viloyati);

– Urung‘och davlat tabiat yodgorligi (Toshket viloyati).
 

Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar

Buyurtma qo‘riqxonalar

Ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qo‘riqxonalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 12 ta davlat buyurtma qo‘riqxonalari mavjud:

– Arnasoy davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Jizzax viloyati);

– Dengizko‘l davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Buxoro viloyati);

– Qora-qir davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Buxoro viloyati);

– Sudoche davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

– Muborak davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Qashqadaryo viloyati);

– Oqtau davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Navoiy viloyati);

– Karnabcho‘l davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Navoiy viloyati);

– Qumsulton davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Buxoro viloyati);

– Xadicha davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Buxoro viloyati);

– Qo‘shirobod davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Samarqand viloyati);

– Nurobod davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Samarqand viloyati);

– Omonqo‘ton davlat buyurtma qo‘riqxonasi (Samarqand viloyati.
 

 Tabiiy pitomniklar

O‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 1 ta davlat tabiiy pitomnigi mavjud:

– Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi (Buxoro viloyati, Davlat Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida).
 

Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar

O‘rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o‘rmonlar, shahar o‘rmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o‘rmonlar, alohida qimmatli o‘rmonlar, yong‘oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarining o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar jumlasiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida 71 ta o‘rmon xo‘jaligi, va 5 ta ov xo‘jaliklari mavjud.

Davlat biosfera rezervatlari

Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari — biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy ob’ektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmog‘iga qo‘shilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida 2 ta biosfera rezervati mavjud:

– Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Davlat ekologiya tasarrufida);

– Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (Toshkent viloyati, AJ”O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufida).
 

 Milliy bog‘lar

Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog‘lardir.

O‘zbekiston Respublikasida 1 ta milliy bog‘ mavjud:

 – Do‘rmon milliy bog‘i (Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida)

 

 

Bioxilmaxillik va muxofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi
   

Boshqarma boshlig‘i

 

Sadikov
Abdurashid Abdujalilovich

 

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1001#)

Bioxilmaxillik masalalari boshqarmasi

Boshqarma boshlig‘i

Kazakov
Aleksandr Buranovich

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1003#)

Hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Yunusov
Alisher Abubakirovich

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1018#)

O‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Fayziev
Sagdullo Satilboldievich

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1007#)

E-mail: j.shakarov[at]uznature.uz

O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish hamda monitoringi bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Xurramov
Farrux Numonovich

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1008#)

E-mail: f.xurramov[at]uznature.uz

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarmasi

Boshqarma boshlig‘i

Sherimbetov
Xalilulla Satimovich

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1014#)

E-mail: f.xurramov[at]uznature.uz

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Xolikov Tura

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy, ekologik-ma’naviy va rekreatsion faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

Shagiaxmetova
Gulshad Amirovna

(+988) 71 207 24 24
(ichki raqam 1014#)

E-mail: f.xurramov[at]uznature.uz