Faoliyat haqida

Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi (bundan keyin – bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda - Qo‘mita) Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mitaning buyruqlari va “ko‘rsatma xatlari”, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Bo‘lim Respublika tashkilotlarida Qo‘mita bo‘linmalari va idoralari (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linmalar) va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar bo‘yicha ishlarni tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi.