“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi
05.
07. 2024
16:41
6398
Янгиликлар

4-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻR-931-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 210-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori Sardor Mamanov, vazirlik boshqarma va bo‘limlari, tizim tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Unda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada qonunni buzmaslik uchun nimalar qilish kerakligiga e’tibor qaratildi. 

Bundan tashqari, vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqlik tizimini joriy etish va tegishli sertifikatga ega boʻlish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun 69 ta davlat organi, 220 ta mahalliy davlat organi, 26 mingdan ortiq davlat muassasasi, 503 ta davlat unitar korxonasi, 23 ta davlat jamg‘armasi, 153 ta davlat ulushi 50 foizdan yuqori aksiyadorlik jamiyatlari, 2000 dan ortiq davlat ulushi bo‘lgan korportiv buyurtmachilarga davlat xaridlaridagi manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishga qaratilgan.

Фойдали манбалар