Surxondaryoda asfalt ishlab chiqaradigan korxona faoliyati 10 kunga to’xtatildi
19.
04. 2024
16:19
1763
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Denov tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasida ekologik tekshiruv o’tkazildi.

Tekshiruv davomida korxona tasarrufidagi “DS 117 2E” markali asfalt beton ishlab chiqarish uskunasi ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi. Natijada korxona texnik nosozligi sababli O’zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini  muhofaza qilish to’g’risida”dagi  Qonunning 4-24-moddalari talabi buzilgan. 

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 86-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, korxona faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar 10 kun muddatga to’xtatildi.

Фойдали манбалар