Bugun, 3-iyul – butun dunyoda Xalqaro plastik buyumlarsiz kun sifatida nishonlanmoqda!
03.
07. 2023
16:45
1671
Янгиликлар

Har yili sayyoramizda 5 trilliongacha plastik idishlardan foydalaniladi, bu esa atrof-muhitga katta zarar yetkazadi. Turiga qarab, polietilen paketlarning parchalanishi uchun 100–500 yilgacha vaqt ketadi. 

BMTning Atrof-muhit bo'yicha dasturi (UNEP) tadqiqotiga ko‘ra, 2040-yilga kelib plastik buyumlardan ifloslanishni 80 foizgacha kamaytirish mumkin. Buning uchun ularni qayta ishlab foydalanish, shuningdek, plastikning o‘rniga ekologik toza, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan shopperlarni ishlatish lozim, bu sayyoramizni ifloslantiruvchi polietilen miqdorini kamaytiradi.

Biz barchani tabiatimizni asrab-avaylashga o'z hissasini qo'shishga va ekologik toza materiallardan foydalanib, imkon qadar polietilen paketlardan voz kechishga chaqiramiz!

Фойдали манбалар