Ayollarga ehtirom ko'rsatildi
07.
03. 2023
14:47
2407
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligida 8-mart —Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov ishtirok etib, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan barcha  xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.
 

Xalqimizda mo'tabar ayol zotiga azal-azaldan hurmat ko'rsatib kelinganini qayd etib,  mamlakatimizda bugungi kunda opa-singillarimizning oilada,  davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Tadbir davomida bayram sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbirlari hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlarida ham davom etmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Фойдали манбалар