Surxondaryo viloyati: Dardga davo bormi?
12.
06. 2020
12:22
5817
Ekanadzor

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida «Surxon sohili» mahallasida yashovchi fuqaro P.Ch. uyidan hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga – mahallaga tutash yo‘l yoqasiga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

 

Aziz yurtdoshlar! Sanitar tozalash xizmati xodimlari mehnatining qadriga yetaylik! Zero, ular qat’iy karantin vaqtida tibbiyot, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda tunu kun mehnat qilmoqdalar!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar