Er yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan. Bu qanchalik xavfli?
09.
06. 2020
18:36
5643
Yangiliklar

Olimlarning ta’kidlashicha, Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan.

«Proceedings of the National Academy of Sciences» (PNAS) nashri ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda biologik xilma xillikning kamayish sur’ati tezlashgan.

Turlarning yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy jarayon, ammo bugungi kunda bu misli ko‘rilmagan darajada tez sur’atlarda sodir bo‘lmoqda. Shubhasiz, buning sababi inson ta’siri deb hisobalaniladi.

Tahlillarga qaraganda, 2001 yildan 2014 yilgacha 173 tur butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, bu esa kutilganidan 25 baravar ko‘pdir. So‘nggi asrda bo‘lsa umurtqali hayvonlarning 400 dan ortiq turlari nobud bo‘ldi. Olimlarning qayd etishlaricha, tabiiy evolyutsiya jarayonida bu holat taxminan 10 ming yil davom etadi.

Olib borilgan kuzatuvlar davomida tadqiqotchilar 29,400 quruqlik yashovchilarning hozirgi holatini tahlil qilishdi va ularning 515 (1,7%) butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidaligini, tropik va subtropik mintaqalar esa eng zaif hududlar ekanligini aniqlashdi. Ta’kidlanishicha, har bir turning atigi 1000 dan ortiq vakili saqlanib qolgan bo‘lib, kelgusi 20 yil ularning taqdirini hal qilishi mumkin.

Olimlar yo‘qolib ketish jarayoni xuddi "domino" printsipi kabi sodir bo‘lishidan xavotirlanishmoqda. Bunda bitta turning yo‘q bo‘lib ketishi unga bog‘liq bo‘lgan boshqa turning ham nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumki, Yer tarixida beshta ommaviy qirilishlar hodisasi kuzatilgan va ularning har birida 70 foizdan 95 foizgacha bo‘lgan o‘simlik turlari, hayvonlar va mikroorganizmlar yo‘q bo‘lib ketgan. Ushbu jarayonlarning oxirgisi 66 million yil avval yuz berib, dinozavrlarning ommaviy qirilib ketishiga sabab bo‘lgan.

Bularning barchasi atrof-muhitning falokatli o‘zgarishlari, jumladan, global vulqon otilishi yoki Yerga asteroid tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. To‘g‘ri, ushbu hodisalardan keyin hayot tiklangan, ammo bunga millionlab yillar sarflangan.
 

Manba: http://xs.uz/uzkr/post/er-yuzida-oltinchi-ommavij-...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar