Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida “Ekologik auditorlarni tayyorlash” o‘quv kursi bitiruvchilariga diplomlar berildi. Diplomlarni bitiruvchilarga Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov topshirdi.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti qoshidagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan “Ekologik auditorlarni tayyorlash” oʻquv kursi tashkil etilgandi.
O‘quv kurslari Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi 2021-yil 15-martdagi 678-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli qarori hamda Ekologiya vazirligining “Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida” 2023-yil 22-avgustdagi 259-sonli buyrugʻiga asosan tashkil qilindi.
Dastlabki o‘quv kursini 44 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tugatdi. Bu tinglovchilar markazning birinchi bitiruvchilari hisoblanadi.