Jamoatchilik kengashi: Yangi tarkib va yangicha yondashuv
20.
01. 2022
18:44
5058
Tadbirlar

2022 yil 20 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashining 23 nafardan iborat yangi tarkibi saylandi. Kengash a’zolari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Kamol Jumaniyozov Kengash raisi, “Ekomaktab” NNT direktori Natalya Shivaldova uning o‘rinbosari etib saylandi.

Shuningdek, tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni jamoatchilik bilan hamkorlikda samarali amalga oshirishda ushbu Kengash platformasining muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hududlarda, milliy bog‘ va qo‘riqxonalarda, pitomniklar ayni vaqt rejimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan onlayn axboroti tinglandi.

Tadbir yakunida Kengash a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar