Haftalik ob-havo
30.
11. 2020
12:37
5403
Yangiliklar

Bugun respublikaning barcha hududlarida deyarli iliq ob-havo kuzatilmoqda. Havo harorati 4-9 daraja iliqqacha bo‘ladi. Bunday harorat noyabr oyi oxirining o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.

1-3 dekabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda havo bulutli bo‘lishi, respublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, 2 dekabrda ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning janubida shu kunlarda havo harorati 13-15 daraja iliqqacha bo‘ladi.


Manba: https://www.meteo.uz/#/uz

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar