«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida uchrashuv
15.
10. 2020
18:58
5319
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Nishonboy Husanov, taniqli jurnalist Rahimboy Jumaniyozov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur so‘zga chiqib o‘zbek tilining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, davlat tilini keng targ‘ib qilish ishlarida faol ishtirok etgan bir qator xodimlar Qo‘mitaning maxsus sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida uchrashuv

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar