Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov 1974-yil 17-iyunda Toshkentda tugʻilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Institutini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi. Magistr darajasini Yaponiyaning Hitotsibashi universitetida olgan. MEHNAT FAOLIYATI: 1993—1996-yy. Ipak yoʻli bankida turli lavozimlarda boshlagan. 1996—2004-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh mutaxassisi, Berliner Bank AG Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari, Oʻzsanoatqurilishbank boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2004—2008-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi moliya, iqtisod, tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti boʻlim mudiri, 2008—2012-yy. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi vazifalarida ishlagan. 2012—2014-yy. Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi raisi 2014—2017-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri 2017—2018-yy. Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 2018—2021-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha masalalari majmuasi rahbari, 2020—2021-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 2021—2022-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri 2022—2022-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri 2023-2023-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri 2023 y.- h.v. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri sifatida faoliyat olib bormoqda.
|