Sobirov Ulmas Aliqulovich – 1968 yili 12 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Toshkent davlat universitetini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi - biolog.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1985-1986 yy. - “Abu Ali Ibn-Sino” nomli Qashqadaryo viloyat davolash maskanida xizmatchi.

1986-1986 yy. - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining “Palandara” sovxozida ishchi.

1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda .

1989-1990 yy. - Toshkent to‘qimachilik kombinatida yuk tashuvchi .

1990-1995 yy. - Toshkent Davlat Universiteti talabasi.

1996-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining “Davlat bionazorati” inspektsiyasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘limi II-toifali mutaxassisi.

1997-1999 yy. - “Davlat bionazorati” inspektsiyasi Toshkent “Botanika bog‘i”da qo‘yilgan davlat inspektorlari boshlig‘i.

1999-1999 yy. - “Davlat bionazorati” “Chotqol biosfera Davlat qo‘riqxonasi” bosh direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

1999-2000 yy. - “Davlat bionazorati” inspektsiyasi “Tezkormaxsus gurux” yetakchi mutaxassisi.

2000-2004 yy. - “Davlat bionazorati” inspektsiyasi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘limi bosh mutaxassisi .

2004-2016 yy. - “Davlat bionazorati” inspektsiyasi o‘simlik dunyosidan foydalanish bo‘limi boshlig‘i.

2016-2016 yy. - “AZIYA SAVDO INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktor o‘rinbosari.

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi O‘rmon muhofazasi xizmati boshlig‘i.

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon qonunchiligi talablari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i.

2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi boshlig‘i v.b.

2020 y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Atrof-muhit ifloslanishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i.