Muxamedov Bobur Ravshanovich- 1989 yili 21 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yil Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – huquqshunos.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1996-2006 yy. - Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-sonli maktab o‘quvchisi.

2006-2010 yy. - Toshkent Davlat yuridik instituti talabasi.

2010-2010 yy. - Qurolli Kuchlar safida safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatda.

2010-2011 yy. - Vaqtincha ishsiz, ota-onasining qaramog‘ida.

2011-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazining kotib-ish yurituvchisi, katta konsultanti.

2014-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazining yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi yetakchi konsultanti.

2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazining Sud faoliyati monitoringni, sud tizimini demokratlashtirish va mustaqilligini ta’minlash masalalari bo‘yicha bo‘limi bosh konsultanti.

2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot iqtisodiy ishlarni yuritish sohasida odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘limi yetakchi konsultanti.

2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining katta konsultanti (O‘zR Oliy sudining 14.02.2017 yildagi 38-sonli buyrug‘i 3-darajali adliya maslahatchisi).

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi IIV Yuridik ta’minlash boshqarmasi, tashkiliy-tahliliy ta’minlash bo‘limi katta inspektori (katta leytenant).

2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi IIV Yuridik ta’minlash boshqarmasi, huquqiy ekspertiza bo‘limi bosh yuriskonsulti (katta leytenant).

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi IIV Yuridik ta’minlash boshqarmasi, tashkiliy-tahliliy ta’minlash bo‘limi boshlig‘i (mayor).

2019-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining Yuridik ta’minlash boshqarmasi, huquqiy targ‘ibot va inson huquqlarini ximoyalash bo‘limi boshlig‘i (mayor).

2021 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Yuridik bo‘lim boshlig‘i.