Juraqobilov Rustam Juraqobilovich - 1975 yili 14 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi institutini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – iqtisodchi.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1992-1997 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi.

1997-1998 yy. - Yakkabog‘ tumanidagi J.Mixliev nomli shirkat xo‘jaligi yordamchi hisobchisi.

1998-1999 yy. - Respublika “Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga maslahat” auditorlik va axborot xizmati ko‘rsatish “Qashqadaryo audit inform” hududiy markazi katta hisobchisi.

1999-2000 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi 1-toifali hisobchisi,

 iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2000-2004 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.

2004-2007 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati referenti, yetakchi mutaxassisi.

2007-2008 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy

 masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2007-2008 yy.- O‘zbekiston Respublikasi

 Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi).

2008-2016 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari.

2016-2017 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i.

2017-2019 yy. - Chiroqchi tumani hokimi.

2019-2020 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri v.b.

2020 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.