Haytboev Vohidjon Tumanboevich - 1967 yili 27 dekabrda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Toshkent davlat universitetini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi - geolog-geoximik.
 

MEHNAT FAOLIYaTI:

1985-1992 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi.

1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda.

1992-1994 yy. - Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Analitik nazoratga ixtisoslashgan inspektsiyasi II-toifali mutaxassisi.

1994-1995 yy. - Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Ishlab chiqarish texnika bo‘limi I-toifali mutaxassisi.

1995-1998 yy. - Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Ishlab chiqarish texnika bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

1998-2001 yy. - Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i.

2001-2010 yy. - Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Ishlab chiqarish texnikaviy bo‘limi boshlig‘i.

2010-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

2017-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari v.b.

2020 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.